Koreyadan tashqarida tashkil etilgan birinchi Koreya universiteti

O'zbekiston

Toshkent shahridagi Inha universiteti – 2014-yilda Koreya Respublikasining INHA universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan universitetdir. Bu chet elda tashkil etilgan birinchi Koreya universiteti hisoblanadi. Universitet axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, biznes va logistika sohalari bo‘yicha yorqin va muvaffaqiyatli shaxslarni, ichki va xalqaro bozorlarda talabga ega bo‘lgan kadrlarni tayyorlab kelmoqda.

Koreyadan tashqarida tashkil etilgan birinchi Koreya universiteti
TShIU birinchilardan bo‘lib shaffof imtihonlarni o‘tkazishni boshlagan edi: bunday shaffof imtihonlar katta zalda nazoratchilar va o‘nlab videokuzatuv kameralari nazorati ostida o‘tkaziladi. Imtihon jarayonining shaffofligini nazorat qilish maqsadida har yili Janubiy Koreyaning Inha universiteti professor-o‘qituvchilaridan tashkil topgan delegatsiya Toshkent shahridagi Inha universitetiga tashrif buyuradilar.

Ta’lim xalqaro kredit tizimiga asoslanadi, bu esa talabalarga ma’lum chegaralar doirasida kreditlarni jamlash orqali o‘quv jarayonini individual rejalashtirish imkonini beradi. Kredit tizimining yana bir ahamiyatli tomoni shundaki, o‘quv dasturlari mehnat bozori talablarini hisobga olgan holda tuziladi. O‘quv jarayonlari Koreya Respublikasining Inha universiteti ta’lim standartlari asosida to‘liq tashkil etilgan. Talabalarga faqat ingliz tilida ta’lim beriladi.

TShIU Biznes va logistika yo‘nalishi, Kompyuter va axborot injiniringi fakulteti hamda MBA yo‘nalishlari bo‘yicha talabalarga INHA universitetining xalqaro diplomini berishni boshlagan birinchi universitetdir. Xalqaro diplom butun dunyoda tan olinadi va talabalarga dunyo bo‘ylab ko‘plab imkoniyatlarni beradi. Bundan tashqari, TShIU diplomi Janubiy Koreyadagi Inha universitetining diplomi bilan mutlaqo bir xil hisoblanadi.

Ushbu yilda Toshkent shahridagi Inha universiteti tashkil etilganligining 10 yilligini nishonlaydi. O‘tgan yillar davomida universitet sifatli dasturlar va noyob ta’lim imkoniyatlarini taklif qilgan holda talabalarni o‘qitish va tayyorlashga katta hissa qo‘shib kelmoqda.

Universitet o‘z kelajagini ishonchli va muvaffaqiyatli qurayotgan bitiruvchi talabalari bilan faxrlanadi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing