Kosta-Rika AQShdan deportatsiya qilingan o‘zbekistonliklarni qabul qilishga rozi bo‘ldi
O'zbekiston
Kosta-Rika O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Pokiston va Hindiston kabi davlatlarning AQShdan deportatsiya qilingan 200 nafar fuqarosini qabul qilishga rozi bo‘ldi, deb xabar beradi «Dunyo» AA.
Reuters ma’lumotlariga ko‘ra, AQShdan kelgan muhojirlar Kosta-Rikada olti haftagacha ushlab turilishi va vataniga jo‘natilishi mumkin. Deportatsiya qilinganlar maxsus joyda saqlanadi va ular ushbu hududni tark eta olmaydi.
AQShdan uchgan va asosan Osiyo mamlakatlaridan bo‘lgan 135 nafar noqonuniy muhojirni olib ketayotgan birinchi deportatsiya samolyoti 20 fevral kuni Kosta-Rikaga qo‘nishi kutilmoqda. Ushbu muhojirlarning 65 nafarini voyaga yetmaganlar tashkil qiladi.
O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining matbuot kotibi Ahror Burxonov O‘zbekistonning Vashingtondagi elchixonasi va Nyu-Yorkdagi Bosh konsulxona uzoq yillardan buyon o‘zbekistonliklarning o‘z vataniga xavfsiz deportatsiyasini ta’minlash maqsadida AQShning tegishli huquq-tartibot idoralari bilan yaqindan hamkorlik qilib kelayotganini ta’kidladi.
«Bizning kelishuvlarimizga asosan, Amerika tomoni deportatsiya qilinadigan fuqarolarimizning har bir holati haqida tezkorlik bilan xabardor qiladi. O‘rnatilgan amaliyotga ko‘ra, fuqarolarimiz vatanga Nyu—York-Toshkent yo‘nalishi orqali qaytadi.
OAVda O‘zbekiston fuqarolarining boshqa davlatlarga deportatsiya qilinishi mumkinligi haqidagi ma’lumotlarni kuzatib boryapmiz. Ushbu masala yuzasidan diplomatik vakolatxonalarimiz Amerika tomonidan boshqa davlatlarga deportatsiya qilinishi mumkinligi haqida ma’lumot berishni so‘rab murojaat qildi. Bundan tashqari, bu borada Lotin Amerikasi davlatlari bilan diplomatik kanallar orqali ham aloqalar o‘rnatilgan.
Diplomatik vakolatxonalarimiz O‘zbekistonning barcha fuqarolariga, ular qayerda bo‘lishidan qat’iy nazar, har tomonlama yordam ko‘rsatadi», — deydi TIV vakili.

Powered by Froala Editor