Krishtianu Ronaldu 40 yoshga to'lgani munosabatiga, AQSHda uning haykali o'rnatildi
Sport
5-fevral kuni futbol olamida o‘ziga xos voqea sodir bo‘ldi. Nyu-Yorkning yuragi hisoblangan “Times Square” maydonida portugaliyalik yulduz futbolchi Krishtianu Ronaldu sharafiga haykal o‘rnatildi. Ushbu san’at asari nafaqat uning futbol maydonidagi yutuqlarini, balki butun dunyoga ilhom baxsh etgan shaxsiyatini ham ifodalaydi.
12 fut (taxminan 3,6 metr) balandlikka ega bo‘lgan haykal yashil, qizil va oltin ranglarda bo‘yalgan bo‘lib, u Ronalduning tug‘ilgan Portugaliya bayrog‘i ranglarini eslatadi. Ushbu bronza haykalni yaratishda haykaltarosh futbolchining mashhur gol nishonlash harakatidan ilhomlanganini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra: "Krishtianu Ronaldu shunchaki futbolchi emas, u qat’iyat, mukammallik va global birlik ramzidir."
Bu haykal Ronaldu uchun o‘ziga xos sovg‘a ham bo‘ldi. Chunki aynan shu kuni u 40 yoshga to‘ldi. Futbol tarixidagi eng buyuk o‘yinchilardan biri sifatida e’tirof etilgan Ronaldu o‘z faoliyatida beshta “Oltin to‘p” sohibiga aylangan, jahon futbolining eng yirik musobaqalarida o‘z nomini abadiylashtirgan.
Hozirda Saudiya Arabistonining “Al-Nasr” klubi sharafini himoya qilayotgan yulduz joriy mavsumda 25 ta o‘yin o‘tkazib, 23 ta gol va 4 ta golli uzatma bilan yuqori natija qayd etmoqda. Uning shartnomasi 2025-yilning yoziga qadar amal qiladi va ko‘pchilik uni katta futbol bilan xayrlashishiga hali ancha bor deb hisoblamoqda.

Powered by Froala Editor