Krokus teraktiga aloqador yangi jinoyatchilar hibsga olindi

Dunyo

Terrorchilar guruhi 2024-yil 22-mart kuni “Piknik” guruhi kontserti boshlanishidan oldin “Krokus Siti Xoll”ga bostirib kirib, tashrif buyuruvchilarga o‘q uzgan va yong‘in chiqargan. Terakt natijasida kamida 145 kishi halok bo‘lgan, 695 kishi jarohatlangan. Teraktni amalga oshirganlar qochishga urinishgan, ammo Bryansk viloyatida qo‘lga olingan.

Krokus teraktiga aloqador yangi jinoyatchilar hibsga olindi
Teraktni sodir etishda gumon qilingan va terrorchilarga yordam berganlar hibsga olingan. Terakt ishi bo‘yicha 1700 dan ortiq kishi jabrlanuvchi deb topilgan edi.

“Ingushetiyalik to‘rt nafar fuqaro — Xusayn Medov, Jabroil Aushev, Xavaj-Bag‘audin Aliyev va Batir Kulayev Moskva yaqinidagi “Krokus Siti Xoll” kontsert zalida sodir bo‘lgan terakt ishida gumondorlar qatoriga qo‘shildi”, deb xabar bermoqda “Kommersant”.

Gazetaning ma’lumotiga ko‘ra, Ingushetiya fuqarolari qurol, o‘q-dorilar va portlovchi moddalar bilan noqonuniy savdo qilishda ayblanmoqda. “Kommersant”ning qayd etishicha, tergovchilar ularning ishini “Krokus” terakti bilan bog‘liq ish bilan birlashtirgan.

Tergov versiyasiga ko‘ra, gumondorlar terrorchilar iltimosiga binoan Kalashnikov avtomatlarini jangovar holatga qayta jihozlagan va ularga o‘q-dorilar bilan birga topshirishgan. Buning evaziga ular million rubldan ortiq pul olgani aytilmoqda.

FSB va jinoyat qidiruv xodimlari Medov va Aushevni Ingushetiyada qo‘lga oldi. Ular allaqachon hibsga olinib, Moskvaga olib kelingan, u yerda ish bo‘yicha boshqa gumondorlar ham hibsda saqlanmoqda. Aliyev va Kulayev esa qidiruvga berilgan.

Ayblanuvchilarning vakillari “Kommersant”ga ularning terrorchilik harakatida ishtirok etganini rad etishdi, ammo qurol va o‘q-dorilarning noqonuniy aylanishida ishtirok etganini tan olishgan. Tergovchilar gumondorlarni Rossiyada taqiqlangan diniy oqim Batol-Xoji Belxoro‘yevning jangari qanoti hamda Ukraina maxsus xizmatlari bilan aloqador deb hisoblamoqda.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing