Kulapat Yantrasast 2027-yilgi Buxoro biennalesiga rahbar etib tayinlandi
O'zbekiston
Shvetsariyaning Bazel shahrida, nufuzli xalqaro Art Basel san’at haftaligi doirasida Fondation Beyeler muzeyida “Madaniy ko‘priklarni qurish” mavzusida panel munozarasi bo‘lib o‘tdi. Unda 2027-yilgi Buxoro biennalesining yangi badiiy rahbari, dunyoga mashhur me’mor Kulapat Yantrasast ilk bor ommaviy nutq so‘zladi.
Markaziy Osiyodagi eng yirik madaniy loyihalardan birining kelajagiga bag‘ishlangan muhokamada O‘zbekiston San’at va madaniyatni rivojlantirish jamg‘armasi (ACDF) raisi va biennale komissari Gayane Umerova, Cartier zamonaviy san’at jamg‘armasi bosh direktori Kris Derkon hamda sessiyaga moderatorlik qilgan xalqaro strateg doktor Aliya Al-Senussi ishtirok etdilar.
O‘zbekistonning global madaniy makonda yetakchi o‘rinlarga chiqishi va milliy hunarmandchilik merosining xalqaro san’at jarayonlariga integratsiyalashuvi muzey me’morchiligining birinchi darajali yulduzlarini jalb etish hamda fanlararo ekspertlik platformalarini yaratish tufayli kuchli institutsional turtki oldi.

2027-yilning 3-septabridan 21-noyabrigacha o‘tkazilishi rejalashtirilgan Buxoro biennalesining ikkinchi mavsumi shahar muhitidagi geografik ishtirokini sezilarli darajada kengaytiradi va ilgari keng jamoatchilik uchun yopiq bo‘lgan me’moriy ansambllarni ochib beradi. Loyihalar, installatsiyalar va tadqiqot laboratoriyalari YUNESKO tomonidan Butunjahon hunarmandlar shahri deb e’tirof etilgan Buxoroning qayta tiklangan karvonsaroylari, o‘rta asrlarga oid madrasalari, tarixiy hammomlari va jamoat maydonlarida joylashtiriladi. Yangi konsepsiyaning o‘ziga xos xususiyati chuqur fanlararo yondashuv bo‘ladi: loyiha an’anaviy san’at ko‘rigi doirasidan chiqib, bir maydonda xalqaro rassomlar, o‘zbek hunarmandlari, shuningdek, ekologlar, urbanistlar, iqtisodchilar va tarixchilarni birlashtiradi. Barcha ko‘rgazma obektlari bevosita O‘zbekiston ichida, mahalliy bilimlar va hayotiy madaniy an’analar asosida yaratiladi. Ushbu strategiya 70 dan ortiq qo‘shma loyihalarni taqdim etgan va rekord darajadagi 1,8 million tashrif buyuruvchini jalb qilgan 2025-yilgi debyut biennalening ulkan muvaffaqiyatiga tayanadi.

WHY Architecture byurosi asoschisi, 2026-yilgi Art Basel Awards laureati va Pritsker mukofoti sovrindori Tadao Andoning shogirdi bo‘lgan Kulapat Yantrasastning tayinlanishi loyihaning xalqaro maqomini prinsipial jihatdan yangi bosqichga olib chiqadi. Nyu-Yorkdagi Metropolitan muzeyi, Luvr va Nyu-Delidagi Hindiston Milliy muzeyi uchun loyihalari bilan tanilgan Yantrasast, avvalroq 2026-yilgi Milan dizayn haftaligi doirasida When Apricots Blossom loyihasi bilan ACDF bilan hamkorlik qilgan edi. Buxoro biennalesining global integratsiyasini ta’minlash maqsadida ilk bor xalqaro Maslahat kengashi tuzildi, uning tarkibiga dunyoning eng yirik institutlari, jumladan, Dir’iya biennalesi jamg‘armasi (Saudiya Arabistoni), Michelangelo Foundation (Italiya), Delfina Foundation (Buyuk Britaniya) va Los-Anjeles okrugi san’at muzeyi (LACMA, AQSh) rahbarlari va kuratorlari kirdi.
Biennale O‘zbekiston San’at va madaniyatni rivojlantirish jamg‘armasi tashabbusi bilan Wilmotte & Associés me’morlik byurosi tomonidan ishlab chiqilgan Buxoroni revitalizatsiya qilish bo‘yicha keng ko‘lamli master-rejaning uzviy qismidir. Ushbu tashabbus ACDFning zamonaviy kreativ ekotizimni shakllantirish bo‘yicha kengroq davlat strategiyasi bilan sinxronlashtirilgan. Dunyoning 17 mamlakatidagi ko‘rgazma loyihalariga 5 milliondan ortiq kishi tashrif buyurgan Jamg‘arma, ushbu faoliyat doirasida 2026-yil sentabr oyida Toshkentdagi Zamonaviy san’at markazining ochilishini nazorat qilmoqda, shuningdek, Tadao Ando loyihasi asosida O‘zbekiston yangi Milliy muzeyi qurilishiga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Powered by Froala Editor