Lavrov Ukrainadagi vaziyatni tezkor hal qilish shartlarini aytib o'tdi
Dunyo
Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning fikricha, nazariy jihatdan Ukraina inqirozining siyosiy yechimini “tezlashtirish” imkoniyati bor, ammo buning uchun G‘arb qurol yetkazib berishni to‘xtatishi kerak.
RIA Novosti bilan suhbatda Ukraina atrofidagi vaziyatni siyosiy hal qilish jarayonini tezlashtirish mumkinmi degan savolga javob berar ekan, vazir "nazariy jihatdan ha" deb ta'kidladi.
"Bu sodir boʻlishi uchun Gʻarb Ukrainani qurol-yarogʻ bilan toʻldirishni bas qilishi, Kiyev esa harbiy harakatlarni toʻxtatishi kerak. Bu qanchalik tez sodir boʻlsa, siyosiy yechim shunchalik tez boshlanadi", — dedi Rossiya TIV rahbari.

Powered by Froala Editor