Laziz Qudratov Ilhom Aliyev bilan muzokara o‘tkazdi
Dunyo
Uchrashuvda hamkorlik dasturlarini tayyorlash, hududlar forumi hamda O‘zbekiston va Ozarboyjon o‘rtasidagi Hukumatlararo komissiya yig‘ilishini o‘tkazish masalalari ko‘rib chiqildi.
Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev Boku shahrida bo‘lib turgan O‘zbekiston Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratovni qabul qildi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.
Suhbat chog‘ida sarmoyaviy hamkorlik, sanoat kooperatsiyasi va o‘zaro savdo yo‘nalishlaridagi ko‘p qirrali hamkorlikning ijobiy o‘sish sur’ati qayd etilgan. Energetika, yuqori texnologiyali mahsulotlar ishlab chiqarish, to‘qimachilik sanoati va mashinasozlik sohalarida sheriklik ko‘lamini kengaytirish uchun salohiyat yuqori ekani ta’kidlangan.
O‘rta va uzoq muddatli istiqbolga mo‘ljallangan hamkorlik dasturlarini tayyorlash, hududlar forumi hamda O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasidagi Hukumatlararo komissiya yig‘ilishini o‘tkazish bo‘yicha takliflar qo‘llab-quvvatlangan.

Powered by Froala Editor