Lukashenko Belarusda joylashtirilgan yadro kallaklari haqida gapirdi

Dunyo

RIA Novosti xabariga ko‘ra, Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko mamlakatda bir necha o‘nlab yadro kallaklari joylashtirilganini ma’lum qildi.

Lukashenko Belarusda joylashtirilgan yadro kallaklari haqida gapirdi
"Men bu yerga yadro kallaklarini olib keldim. Bir necha o'nta emas, ancha ko‘p. Ko‘pchilik, ‘Bu hazil, hech kim hech narsa olib kelmagan’, deb yozmoqda. Olib kelindi. Ularning (raqiblarning) buni hazil deb aytishi shuni anglatadiki, ular vaziyatni e’tiborsiz qoldirishgan. Biz bu kallaklarni qanday olib kelganimizni hatto sezishmadi," — dedi Lukashenko.

Uning so‘zlariga ko‘ra, agar dushmanlar davlat chegarasini buzishsa, javob zudlik bilan beriladi. "Bu haqida biz rossiyaliklar bilan hali yadro quroli qaytarilmasidan oldin kelishib olgan edik. O‘shanda strategik qurol haqida gap ketgandi. Endi esa taktik yadro quroli bor. Garchi ehtimol bu "Oreshnik"dan besh baravar kuchliroq bo'lishi ham mumkin" — dedi Belarus rahbari.

Shuningdek, u yadro qurolidan foydalanish katta mas’uliyat ekanligini aytib o'tdi.  "Hiroshima va Nagasaki voqealaridan keyin hech kim yadro qurolining tugmasini bosgani yo‘q. Eng kuchli davlatlar ham bunga qo‘l urmagan, Belarusni-ku hisobga ham olmaymiz," — deb qo'shimcha qildi Lukashenko.

Eslatib o‘tamiz, 2023-yilda Moskva va Minsk Rossiyaning taktik yadro qurollarini Belarusda joylashtirish bo‘yicha kelishuvga erishgan edi. Vladimir Putin bu qurollar ustidan nazorat Rossiyada qolishini alohida ta’kidlagan.

Belarus hududida "Iskander" raketa komplekslari joylashtirilgan. Lukashenkoning ma’lum qilishicha, ular yadro kallaklari bilan jihozlangan raketalarga ega.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing