"Made in Uzbekistan" brendi Suriyaga kirib bormoqda: Aleppoda logistika markazi ishga tushirildi

Iqtisodiyot

O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi Yaqin Sharqning eng yirik iqtisodiy markazlaridan biri — Aleppo shahrida keng ko‘lamli infratuzilma loyihasi ishga tushirilganini e’lon qildi. Qo‘shma Savdo uyi va taqsimot markazining ochilishi logistika to‘siqlarini bartaraf etish hamda milliy mahsulotlar eksporti uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘l ochishga xizmat qiladi.

"Made in Uzbekistan" brendi Suriyaga kirib bormoqda: Aleppoda logistika markazi ishga tushirildi
Suriyaning Aleppo shahrida O‘zbekiston – Suriya Savdo uyi va taqsimot markazi rasman ochildi. Respublika Savdo-sanoat palatasi (O‘zR SSP) ma’lumotlariga ko‘ra, yangi tuzilma o‘zbekistonlik tadbirkorlarni Suriyaning istiqbolli bozoriga tizimli ravishda olib chiqish uchun tashkil etilgan.

Markazning asosiy vazifalari uzluksiz logistikani yo‘lga qo‘yish, tovarlar distributsiyasi hamda milliy mahsulotlarni yagona “Made in Uzbekistan” brendi ostida faol ilgari surishdan iborat bo‘ladi. Ushbu maydonchaning ishga tushirilishi vositachilar zanjirini butunlay yo‘q qilish va ikki mamlakat ishbilarmon doiralari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri B2B hamkorlikni o‘rnatish imkonini berishi kutilmoqda.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing