Malayziya Bosh vaziri rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keldi

Siyosat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning taklifiga binoan, Malayziya Bosh vaziri Anvar Ibrohim 17–19-may kunlari rasmiy tashrif bilan mamlakatimizda bo‘ladi. Bu haqda Bosh vazir Abdulla Aripovning matbuot xizmati xabar berdi.

Malayziya Bosh vaziri rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keldi
Ma’lum qilinishicha, bugun, 17-may kuni Toshkent xalqaro aeroportida Oliy martabali mehmonni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov va boshqa rasmiylar kutib oldi.

Qisqa suhbatdan so‘ng, Malayziya Bosh vaziri O‘zbekiston Bosh vaziri hamrohligida tashrif dasturi bo‘yicha navbatdagi manzilga jo‘nab ketdi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing