Malayziyaga rasmiy tashrif yakunlandi
Siyosat
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Malayziyaga rasmiy tashrifi muhim kelishuvlar imzolanishi va mamlakatlar o‘rtasidagi strategik hamkorlik mustahkamlanishi bilan yakunlandi. Tashrif doirasida muhim muzokaralar, biznes-forum va Malayziyaning yetakchi kompaniyalari bilan uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.
Kuala-Lumpurda O‘zbekiston rahbari Malayziya bosh vaziri Anvar Ibrohim bilan muzokara o‘tkazdi, uning yakunida Strategik sheriklik to‘g‘risidagi qo‘shma bayonot imzolandi. Shuningdek, iqtisodiyot, investitsiya, energetika va innovatsiya sohalaridagi hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan qator bitimlar imzolandi.
Ikki mamlakat yetakchilari 200 dan ortiq yirik kompaniyalar vakillari ishtirokidagi biznes-forumda qatnashdi. Bundan tashqari, O‘zbekiston prezidenti Petronas korporatsiyasi rahbariyati bilan uchrashib, neft-gaz va "yashil" energetikadagi qo‘shma loyihalar salohiyatini muhokama qildi.
Madaniy dastur doirasida Mirziyoyev Malayziya Islom san’ati muzeyiga tashrif buyurib, u yerda o‘zbek ustalarining ekspozitsiyani yaratishga qo‘shgan hissasini ta’kidladi.
Rasmiy dastur yakunlangach, O‘zbekiston Prezidenti Toshkentga jo‘nab ketdi.

Powered by Froala Editor