Mamlakatlar reytingi: iPhone 15 Pro-ni sotib olish uchun necha kun ishlashingiz kerak

Dunyo

Tahlilchilar yangi gadjet sotib olish uchun turli mamlakatlar fuqarolarining ish kunlari taqqoslangan "iPhone indeksi" ni tuzdilar. Reytingda Shveytsariya 4 ish kuni bilan yetakchilik qilmoqda, Turkiya fuqarosi esa iPhone 15 Pro sotib olish uchun deyarli 124 kun ishlashi kerak.

Mamlakatlar reytingi: iPhone 15 Pro-ni sotib olish uchun necha kun ishlashingiz kerak
Picodi tahlilchilari "iPhone indeksi" ni hisoblash uchun 128 GB ichki xotiraga ega iPhone 15 Pro-ning mahalliy narxlarini turli mamlakatlar aholisining o’rtacha ish haqi bilan taqqosladilar va qurilmani sotib olish uchun necha kun ishlash kerakligini aniqladilar.

Shveytsariya aholisi iPhone sotib olish uchun atigi 4,2 ish ishlasalar bas. O'rtacha amerikalik 5,3 kun, avstraliyalik esa 6,3 kun ishlashi kerak.

Reytingda eng yomon vaziyat Turkiyada deb ta’kidlandi. Turkiyaliklar yangi flagmanni sotib olish uchun 123,7 kun ishlashlari kerak deb baholanmoqda. Filippin va Braziliya ham mos ravishda 79,5 va 66,6 ish kuni bilan baxolanib oxirgi o’rinlardan joy olishdi.

O'zbekistonliklar iPhone 15 Pro sotib olish uchun necha kun ishlashlari kerak?

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing