Mamlakatni noqonuniy tark etgan ukrainaliklar hech bo'lmaganda soliq to'lashlari kerak — Zelenskiy

Dunyo

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy noqonuniy ravishda xorijga ketgan, safarbarlik yoshidagi ukrainalik erkaklar qaytib kelib, davlatga yordam berishi kerak, deb hisoblaydi. Bu haqda u Tallinda Estoniya bosh vaziri Kaya Kallas bilan bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ma’lum qildi.

Mamlakatni noqonuniy tark etgan ukrainaliklar hech bo'lmaganda soliq to'lashlari kerak — Zelenskiy
Zelenskiy "Estoniya harbiy yoshdagi ukrainaliklarni safarbarlik uchun Ukrainaga yuborishi kerakmi?", degan savolga javob berdi. Bunga javoban prezident urush avvalida Ukrainani turli jins va yoshdagi aholi tark etganini qayd etdi.

"Mamlakat rasmiylari bunga aralashmadi, chunki bundan keyin nima bo'lishini hech kim bilmas edi. Biroq, vaziyat o‘zgardi. Shuning uchun safarbarlik yoshidagi ukrainaliklar, ayniqsa, mamlakatni noqonuniy tark etganlar mamlakatlariga qaytishlari kerak", deydi Zelenskiy,

“Biz urush boshida bosib olingan hududning 50 foizini himoya qildik, dushmanni qaytardik. Yigitlarimiz esa ikki yildan beri kurashmoqda. Ayni paytda esa chegarani qoidalardan, qonundan tashqari kesib o‘tganlar bor. Va o'sha odamlar uchun, o'sha erkaklar uchun savol. Agar ular safarbarlik yoshida bo'lsa, unda ular Ukrainaga yordam berishlari va Ukrainada bo'lishlari kerak.

Endi men kimdir oldinda, kimdir oldinda bo'lmasligi kerak, deb aytmayapman. Qonun bor. Ammo umumiy insoniy qoida bor: bir harbiy odamga 6-8 soliq to'lovchi to'g'ri keladi. Agar siz Ukrainada bo'lsangiz va siz frontda bo'lmasangiz, lekin siz ishlayotgan bo'lsangiz - qayerda ishlashingizdan qat'i nazar siz ishlasangiz va soliq to'lasangiz, davlatni ham himoya qilgan bo`lasiz. Va bu juda zarur. Lekin siz chet elda bo'lsangiz va safarbarlik yoshida bo'lsangiz-u frontda bo'lmasangiz va soliq to'lamasangiz yoki qonundan tashqarida sayohat qilgan bo'lsangiz, unda savollar tug'iladi. Bo‘ldi”, dedi u.

Zelenskiy soliq to‘lash muhimligini, aks holda “harbiylar uchun pul bo‘lmaydi”, deb qo‘shimcha qildi. “Agar pul bo'lmasa, harbiy bo'lmaydi, Ukrainani himoya qiladigan hech kim bo'lmaydi. Bu hayot qoidalari”, deydi u.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing