Manchester City O‘zbekistonni qiziqtirdi: 19-dekabrda nima e’lon qilinadi

Sport

Manchester City futbol klubi Instagram sahifasida O‘zbekiston muxlislariga qaratilgan qiziqarli tizer e’lon qilib, yaqinlashib kelayotgan hamkorlikka ishora qildi. Postda klub shunday murojaat qildi: “O‘zbekiston… tayyormisiz? Yangi ishonchli hamkor yo‘lda.”

Manchester City O‘zbekistonni qiziqtirdi: 19-dekabrda nima e’lon qilinadi
Tasvirda 2025-yil 19-dekabr sanasi ko‘rsatilgan bo‘lib, bu rasmiy e’lon aynan shu kunga belgilangan bo‘lishi mumkinligini anglatadi. Shuningdek, suratda Abdukodir Xusanov, Erling Holand va Fil Foden tasvirlangan.

Kelajakdagi hamkorlik tafsilotlari hozircha oshkor qilinmagan. Manchester City e’lon mazmuni yoki formatiga aniqlik kiritmadi, bu esa muxlislar orasida turli taxmin va muhokamalarga sabab bo‘ldi. Tizer o‘zbek futbol jamoatchiligi e’tiborini tortdi va ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilinmoqda.

Hozirda O‘zbekiston milliy terma jamoasining taxminan o‘n nafar futbolchisi xorijiy klublarda to‘p surmoqda. Ular orasida Abdukodir Xusanov (Manchester City), Eldor Shomurodov va Abbosbek Fayzullayev (Istanbul Basaksehir), Oston Urunov (Persepolis), Xusniddin Alikulov (Rizespor), Otabek Shukurov (Bani Yas) va Jaloliddin Masharipov (Esteghlal) bor.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing