Markaziy bank asosiy stavkani o‘zgarishsiz qoldirdi
Iqtisodiyot
Markaziy bank asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirdi, deya xabar berdi bank matbuot xizmati.
Qayd etilishicha, iqtisodiyotdagi inflyatsion jarayonlar va kutilmalar yilning birinchi yarim yilligidagi pasayishdan so‘ng, mahsulotlar taklifidagi o‘zgarishlar va inflyatsion talab omillari fonida biroz tezlashishi kuzatildi.
Regulyator asosiy stavkaning joriy darajasi yil oxiriga qadar inflyatsiyaning prognoz ko‘rsatkichlari doirasida shakllanishi uchun zaruriy pul-kredit sharoitlarini ta’minlashga xizmat qilishini qayd etgan.
Aytilishicha, umumiy inflyatsiya yil boshidan pasayuvchi dinamikada shakllanib oxirgi chorakda 9,2 foizgacha tezlashgan. Inflyatsiya o‘sishining tarkibiy omillari qatorida oziq-ovqat narxlarining 11 foizgacha tezlashishi, meva-sabzavotlar va tartibga solinadigan narxlar o‘zgarishining umumiy inflyatsiyadagi hissasi ortishi bilan izohlanadi.
"Iqtisodiyotdagi kutilmalar qisqa muddatli shoklarga yuqori ta’sirchan bo‘lib qolmoqda. Global inflyatsion jarayonlarning davomiyligi bo‘yicha noaniqliklar saqlanib qolmoqda. Asosiy savdo hamkorlardagi inflyatsiya darajasi va almashuv kurslarining joriy dinamikasidagi vaziyat so‘mning real samarali almashuv kursi mustahkamlanishiga bosimlarni kuchaytirmoqda", deya qayd etilgan Markaziy bank xabarida.
Joriy yilning 9 oy yakuniga ko‘ra, YAIM o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 5,8 foizga o‘sdi. Iqtisodiy o‘sishning yuqori sur’atlari fiskal rag‘batlantirish ta’sirida iste’mol xarajatlarining o‘sishi hamda markazlashmagan investitsiyalar hajmining sezilarli oshishi hisobiga ta’minlangan. Iqtisodiyotda yalpi talabning ijobiy o‘sish dinamikasi davom etmoqda, bu ko‘rsatilayotgan bozor xizmatlari hajmining o‘tgan yilga nisbatan 12,1 foizga, savdo va pulli xizmatlardan pul tushumlari hajmining 28 foizga o‘sishida namoyon bo‘lgan.
Shu bilan birga, transchegaraviy pul o‘tkazmalari yuqori baza effekti hisobiga o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 33,7 foizga qisqargan bo‘lsa-da, 2021 yilning mos davriga nisbatan 1,4 barobarga o‘sgan.
Sentyabr oyida aholining milliy valyutadagi muddatli depozitlari bo‘yicha o‘rtacha tortilgan foiz stavkalari 21,1 foizni tashkil etib, 1 oktyabr holatiga muddatli depozitlar qoldig‘ining yillik o‘sishi 47,1 foizni, jumladan, jismoniy shaxslarning muddatli omonatlari o‘sishi 52,3 foizni tashkil etgan.
Inflyatsiyani oshiruvchi va pasaytiruvchi omillar balansidan kelib chiqib yangilangan prognozlarga ko‘ra, joriy yil yakunida inflyatsiya prognoz koridori doirasida shakllanishi kutilmoqda.
Mavsumiy oziq-ovqat narxlarining o‘sishi va tartibga solinadigan narxlarga kiritilayotgan o‘zgarishlarning umumiy inflyatsiyaga birlamchi va ikkilamchi ta’sirlari kabi inflyatsiyani oshiruvchi omillar saqlanib qolmoqda.

Powered by Froala Editor