Markaziy bank "Inflyatsiya Kalkulyatori"ni ishga tushirdi

Iqtisodiyot

Markaziy bank o‘zining rasmiy veb-saytida yangi vosita – "Inflyatsiya kalkulyatori"ni ishga tushirdi. Bu innovatsion qulaylik fuqarolarga turli davrlar davomida pulning sotib olish qobiliyati qanday o‘zgarishini osongina hisoblash imkonini beradi.

Markaziy bank "Inflyatsiya Kalkulyatori"ni ishga tushirdi
Kalkulyator qanday ishlaydi? Foydalanuvchilar istalgan vaqt oralig‘ini va pul miqdorini tanlab, inflyatsiyaning real qiymatga ta’sirini baholashlari mumkin. Hisob-kitoblar Statistika agentligi tomonidan taqdim etilgan iste’mol narxlari indeksining oylik ma’lumotlari asosida amalga oshiriladi.

Bundan tashqari, kalkulyator:
Tanlangan davr uchun pulning yakuniy qiymatini aniqlaydi.
O‘rtacha yillik va oylik inflyatsiya darajasini hisoblab chiqadi.

Bu vosita iqtisodiy tahlillar bilan shug‘ullanadigan mutaxassislar, tadbirkorlar va oddiy fuqarolar uchun muhim ahamiyat kasb etib, inflyatsiyaning real hayotga ta’sirini aniq tushunishga yordam beradi.

Markaziy bank tomonidan taqdim etilgan ushbu xizmat pul mablag‘larining qiymatini yaxshiroq tushunish va moliyaviy rejalashtirishni samarali amalga oshirish imkoniyatini beradi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing