Markaziy bank kichik biznesni moliyalashtirishda tavakkalchilik darajasini pasaytirmoqda

Iqtisodiyot

O‘zini o‘zi band qilgan shaxslar hamda kichik tadbirkorlik sub’ektlariga mikromoliyaviy xizmatlar ko‘rsatishda tavakkalchilik darajasini 100 foizdan 75 foizgacha tushirish rejalashtirilgan.

Markaziy bank kichik biznesni moliyalashtirishda tavakkalchilik darajasini pasaytirmoqda
Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, tavakkalchilik darajasi va kapitalga bosim pasayadi, bankning kreditlash imkoniyati esa 33 foizga oshadi.

2024-yil 1-fevraldan doimiy daromadga ega bo‘lgan, shuningdek, kamida 6 oy davomida bank hisobvarag‘ida mablag‘lar aylanmasiga ega bo‘lgan o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar va kichik tadbirkorlik sub’ektlariga ko‘rsatiladigan mikromoliyaviy xizmatlar, bundan tashqari, xuddi shu maqsadlar uchun mikromoliya tashkilotlariga ajratilgan mablag‘lar uchun tavakkalchilik darajasi 100 foizdan 75 foizgacha pasaytirilmoqda.

Kichik biznes sub'ektlariga yakka tartibdagi tadbirkorlar, kalendar yili uchun umumiy daromadi 1 mlrd so'mdan oshmaydigan mikrofirmalar, shuningdek kalendar yili uchun umumiy daromadi 110 mlrd so'mdan oshmaydigan kichik korxonalar kiradi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing