Markaziy bank vakillari Ozarbayjon hamda Markaziy Osiyo davlatlari mintaqaviy uchrashuvida ishtirok etdi
Iqtisodiyot
Boku shahrida Ozarbayjon hamda Markaziy Osiyo davlatlari Markaziy banklari to‘lov tizimlari mutaxassislarining mintaqaviy uchrashuvi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda Markaziy bank matbuot xizmati.
Ma’lum qilinishicha, unda ishtirokchilar to‘lov tizimlari, moliyaviy texnologiyalar va kiberxavfsizlik sohalari bo‘yicha dolzarb masalalarni muhokama qilish hamda tajriba almashish imkoniga ega bo‘lishdi.
Tadbirda Ozarbayjon to‘lov sanoatidagi so‘nggi tendentsiyalar, Qozog‘iston misolida Open API va Open Bankingni joriy etish, Qirg‘iziston Respublikasi to‘lov tizimini raqamlashtirish hamda Markaziy banklarda raqamli valyutalarni (CBDCs) rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, ishtirokchilar FinTech larni huquqiy tartibga solish hamda Ozarbayjonda ochiq banking joriy etilishini ko‘rib chiqishdi.
Mazkur tadbir mintaqada zamonaviy moliyaviy texnologiyalarni rivojlantirish uchun hamkorlik va tajriba almashishni mustahkamlash bo‘yicha muhim platformaga aylandi. Tadbir ishtirokchilari to‘lov tizimlarini rivojlantirish va integratsiya qilish bo‘yicha qo‘shma strategiyalarni ishlab chiqishdi hamda hamkorlikni davom ettirish va markaziy banklar o‘rtasida ma’lumot almashish bo‘yicha kelishuvlar tuzishdi.

Powered by Froala Editor