Markaziy Osiyo TIV rahbarlari Rimda uchrashdilar

Siyosat

2024-yilning 29-may kuni Rimda “Markaziy Osiyo – Italiya” tashqi ishlar vazirlarining uchinchi uchrashuvi doirasida Markaziy Osiyo davlatlari tashqi ishlar vazirlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi, deya xabar bermoqda Tojikiston TIV matbuot xizmati.

Markaziy Osiyo TIV rahbarlari Rimda uchrashdilar
Uchrashuv davomida tomonlar Markaziy Osiyo va Italiya mamlakatlarining siyosiy, iqtisodiy, savdo, suv-energetika, ekologik, transport, turizm va ta'lim sohalaridagi hamkorligini rivojlantirish istiqbollarini ko'rib chiqdilar, shuningdek, mintaqaviy va xalqaro hamkorlikning dolzarb mavzularida fikr almashdilar, jumladan, zamonamizning tahdidlari va qiyinchiliklari, Afg'oniston va Yaqin Sharq atrofdagi vaziyatni muhokama qildilar.

Eslatib o’tamiz, 2024-yilning 28-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Italiyaga tashrifi doirasida Italiyaning 30 ga yaqin kompaniyalari ishtirokida davra suhbati o‘tkazdi.

Ta’kidlash joizki, bugun Tojikiston poytaxti Dushanbe shahrida mamlakat Transport vazirligi hamda Osiyo va Tinch okeani iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi (ESCAP) hamkorligida tashkil etilgan “Tyan-Shanga yo‘l” nomli xalqaro konferensiya boshlandi. Xalqaro konferensiyada O‘zbekiston Respublikasi Transport vaziri Ilhom Maxkamov boshchiligida O’zbekiston delegatsiyasi vakillari ham qatnashmoqda. Anjumanda Markaziy Osiyo, MDH va Yevropa Ittifoqi davlatlari oʻrtasida xalqaro yuk tashuvlarini rivojlantirish bilan bogʻliq masalalar muhokama etilmoqda.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing