Mask: Koinot — simulyatsiya bo‘lishi mumkin
Dunyo
Ilon Mask yana bahs-munozaralarga sabab bo‘ldi. Unga ko‘ra, insoniyat Xudo yaratgan ulkan kompyuter simulyatsiyasi ichida yashashi mumkin.
SpaceX va Tesla rahbari Ilon Mask The Katie Miller podkastida odamlar Xudo boshqaradigan ulkan kompyuter simulyatsiyasida yashashi ehtimolini tilga oldi. Uning aytishicha, u ateistik qarashlardan voz kechgan va endi Iso ta’limotidagi donolik va mehr-shafqat g‘oyalarini yuqori baholaydi.
Mask ilgari “Iso ta’limotining chuqur donoligini yetarlicha qadrlamaganini” tan oldi. U Olamning yaratuvchisi borligiga ishonishini aytib, “odamlar Xudoga turlicha nom qo‘yadi”, dedi.
Tadbirkorning fikricha, bu dunyo Xudo yaratgan va ishga tushirgan bir videoo‘yin bo‘lishi mumkin, insonlar esa uning o‘yinchilari xolos. U Darvinning tabiiy tanlanish g‘oyasini simulyatsiya nazariyasiga qo‘llab, faqat eng qiziqarli ssenariylar davom etishini ta’kidladi.
“Eng qiziqarli simulyatsiyalar yashab qoladi. Demak, bizning yagona vazifamiz bor — bu o‘yinni qiziqarli qilish”, — dedi Mask.

Powered by Froala Editor