Mask Twitterʼni dunyodagi eng qimmat brendga aylantirmoqchi

Texnologiya

Amerikalik milliarder Ilon Mask Twitter mikroblogini dunyodagi eng qimmat brendga aylantirishga vaʼda berdi.

Mask Twitterʼni dunyodagi eng qimmat brendga aylantirmoqchi
Twitter kompaniyasi rahbari Ilon Mask “X” nomiga o‘zgartirayotgan ijtimoiy tarmoqni dunyodagi eng qimmat brendga aylanishiga va’da berdi. Bu haqda u twit qoldirgan.

"X dunyodagi eng qimmat brend bo'ladi. Mening so'zlarimni eslab qoling", deb yozdi u Twitterʼdagi sahifasida.

Eslatib oʻtamiz, “Twitter” ijtimoiy tarmog‘i logotipni yangiladi – saytda ko‘k qush o‘rniga endi qora fonda oq rangdagi X harfini ko‘rish mumkin.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing