Meksikadagi prezidentlik saylovlarida Klaudiya Sheynbaum yetakchilik qilmoqda

Dunyo

Prezidentlik saylovlarida 20% ovozlar sanalganidan keyin Mexiko shahrining sobiq meri Klaudiya Sheynbaum yetakchilik qilmoqda. Agar u g‘alaba qozonsa, Meksikaning birinchi ayol prezidentiga aylanadi. Bu haqda Associated Press xabar berdi.

Meksikadagi prezidentlik saylovlarida Klaudiya Sheynbaum yetakchilik qilmoqda
Meksika Milliy saylov instituti oraliq natijalar ekstrapolyatsiyasiga asoslanib, Sheynbaum 58,3–60,7% ovoz olishini taxmin qilmoqda. Uning eng yaqin raqibi Ksochitl Galvesni taxminan 26,6–28,6% saylovchilar qo‘llab-quvvatlashi kutilmoqda, undan keyin esa 9,9–10,8% ovoz bilan Xorxe Alvares Meyns turadi.

Hukmron “Milliy tiklanish harakati” (“Morena”) partiyasidan nomzodini qo‘ygan Sheynbaum Meksikaning iste’fodagi prezidenti Andres Manuel Lopes Obrador boshlagan siyosatni davom ettirish niyatida. Meksika saylov komissiyasi prognozlariga ko'ra, "Morena" mamlakat parlamentida ham ko'pchilikni qo'lga kiritishi unga yordam beradi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing