Metallurgiyaning yangi strategiyasi: raqamlashtirish, mahalliylashtirish va eksportga ustuvor e’tibor
O'zbekiston
Metallurgiya sanoatini modernizatsiya qilish mamlakat sanoat taraqqiyotining asosiy omillaridan biriga aylanadi. Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligidagi yig‘ilishda xomashyo bazasini kengaytirish, yuqori texnologiyali ishlab chiqarishlarni rivojlantirish hamda sun’iy intellektni keng joriy etish bo‘yicha yangi vazifalar belgilandi.
Davlat rahbari Toshkent, Samarqand va Surxondaryo viloyatlarida ham temir rudasi zaxiralari mavjudligi prognoz qilinayotganini ta’kidladi. Hukumatga bir oy muddatda sun’iy intellekt yordamida istiqbolli hududlarni tahlil qilish hamda temir rudasi, marganets va ferrosilitsiy xomashyosi zaxiralarini ko‘paytirish bo‘yicha geologik dastur ishlab chiqish topshirildi. Bu ishlarga yirik mahalliy investorlar ham jalb etiladi.
150 dan ortiq xususiy metallurgiya korxonasini barqaror xomashyo bilan ta’minlash maqsadida markazlashgan import kompaniyasi tashkil etiladi. Uning faoliyatiga 200 million dollar ajratiladi, import qilinadigan xomashyo esa faqat birja orqali sotiladi.
Yuqori qo‘shilgan qiymatga ega mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirishga alohida e’tibor qaratildi. Choksiz quvurlar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish uchun 275 million dollar investitsiya talab etilishi, natijada yiliga 450 million dollarlik mahsulot ishlab chiqarish, shundan 170 million dollarini eksport qilish mumkinligi qayd etildi. Shuningdek, uch oy ichida choksiz quvurlar, sovuq prokat, metallning 3D bosmasi va yuqori aniqlikdagi mexanik ishlov berish bo‘yicha loyihalar paketi tayyorlanadi.
Bekobod metallurgiya kombinati hududida 90 gektar maydonda “O‘zbekiston ekologik texnologiyalar sanoat parki” tashkil etiladi. Unda qora metallurgiya ilmiy markazi, xalqaro sertifikat beruvchi zamonaviy laboratoriya va yangi ishlab chiqarish quvvatlari barpo etiladi.
Yig‘ilishda sun’iy intellektni joriy etish masalasiga ham alohida e’tibor berildi. Olmaliq KMKda AI texnologiyalari yordamida 1,5 ming tonna dizel yoqilg‘isi tejalib, 22 milliard so‘m iqtisod qilindi, texnologik yo‘qotishlar esa 4 milliard so‘mga kamaydi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, Bekobod metallurgiya kombinatida AI qo‘llanilishi metallolomdagi metall bo‘lmagan aralashmalarni aniqlash hisobiga yiliga 25 milliard so‘m, “aqlli” sensorlar orqali esa yana 3 million dollar elektr energiyasini tejash imkonini beradi.

Powered by Froala Editor