Meva-sabzavotlarni qayta ishlovchi uskunalar uchun 1 mlrd so‘mgacha subsidiya ajratiladi

O'zbekiston

O‘zbekistonda meva-sabzavotni qayta ishlash uchun xarid qilingan uskunalarga 1 milliard so‘mgacha subsidiya ajratiladi. Bu haqida Prezident Shavkat Mirziyoyev videoselektor yig‘ilishida ma’lum qildi.

Meva-sabzavotlarni qayta ishlovchi uskunalar uchun 1 mlrd so‘mgacha subsidiya ajratiladi
Tadbirkorlar meva-sabzavotni asosan tomorqadan olayotgani uchun eksportga bir turdagi mahsulotni uzluksiz va sifatli yetkazib berishga qiynalmoqda. Shuning hisobiga eksportdan tushum ham past. Kelgusi yilda 3,5 milliard dollarlik meva-sabzavot eksport qilish uchun barcha imkoniyatlar borligi ta’kidlandi.

Shu bois, 1 million gektar meva-sabzavot yerlari 760 ta urug‘ beruvchi va 824 ta eksportchi korxonaga bog‘landi. Toshkent viloyati va Namanganda yangi tajriba boshlanmoqda.

Bunda paxta-g‘alladan qisqaradigan yerlar 50 gektargacha yirik lotlarda auksionga qo‘yilib, sanoatlashgan plantatsiya qilish uchun professional investorlarga sotiladi. Bu yerlardagi 20 sotixgacha maydonda “shok” usulida muzlatkich, kalibrovka va qadoqlash sexlari qurishga ruxsat beriladi.

Shuningdek mazkur yig'ilishda, mamlakatda 5 mingdan ziyod ishchisi bor, yillik daromadi 1 trillion so‘mdan oshgan, kamida 100 milliard so‘m soliq to‘layotgan 142 nafar “chempion” tadbirkorlar paydo bo‘lgani haqida ham aytib o'tildi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing