Migratsiya agentligi Rossiyada ishlayotgan yurtdoshlarimizni ogohlikka chaqirdi

O'zbekiston

So‘nggi vaqtlarda Rossiyada ishlayotgan yurtdoshlarimiz orasida Internetdagi e'lonlar orqali katta pul evaziga mahsulotni bir manzildan ikkinchi manzilga yetkazib berish bo‘yicha muammolar yuzaga kelmoqda. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining matbuot xizmati xabar berdi.

Migratsiya agentligi Rossiyada ishlayotgan yurtdoshlarimizni ogohlikka chaqirdi
Ma’lum qilinishicha, norasmiy kuryerlik xizmatlarida narkotik yoki taʼqiqlangan moddalar solingan buyurtmalarni yetkazib berish taklif qilinmoqda va buning oqibatida politsiya xodimlari tomonidan ular ushlanib, jinoiy javobgarlikka tortilmoqda.

“Yurtdoshlarimizdan norasmiy kuryerlik xizmatlarida ishlamaslikni, katta miqdordagi pul evaziga shubhali buyumlarni bir manzildan ikkinchi manzilga yetkazib bermaslikni yoki mahsulotni albatta tekshirishni so‘raymiz”, — deyiladi bayonotda.

Agentlik, shuningdek, Rossiya qonunchiligida narkotik moddalarni sotish yoki yetkazib berish uchun uzoq muddatli qamoq jazosi belgilanganganini ta’kidladi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing