Minskda Belarus va O‘zbekiston do‘stlik xiyoboni ochildi

O'zbekiston

O‘zbekiston va Belarus o‘rtasidagi do‘stlik hamda strategik sheriklikning yangi ramzi Prezident Shavkat Mirziyoyevning rasmiy tashrifi doirasida yaratildi. Toshkent ko‘chasida Belarus–O‘zbekiston do‘stlik xiyobonining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Minskda Belarus va O‘zbekiston do‘stlik xiyoboni ochildi
Tadbirda O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov va Belarus tashqi ishlar vaziri Maksim Rijenkov ishtirok etdi. Tashqi siyosat idoralari rahbarlari ikki mamlakat o‘rtasidagi abadiy do‘stlik, o‘zaro hurmat va ishonch ramzi sifatida birgalikda daraxt ko‘chatlarini ekdi.

Baxtiyor Saidovning ta’kidlashicha, yangi xiyobon O‘zbekiston va Belarus xalqlarini birlashtiruvchi strategik sheriklik va mustahkam aloqalarning ramzidir.

Do‘stlik xiyoboni ikki tomonlama munosabatlarning izchil mustahkamlanishi, samimiy o‘zaro anglashuv va ko‘p qirrali hamkorlik kengayishining yana bir yorqin timsoliga aylanishi kutilmoqda.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing