Mirziyoyev Ursula fon der Leyenni Yevrokomissiya Prezidentligiga qayta saylangani munosabati bilan tabrikladi

O'zbekiston

O’zbekiston Prezidentining tabrik maktubida Samarqand shahrida o’tkaziladigan “Markaziy Osiyo - Yevropa Ittifoqi” sammitiga ham etibor qaratilgan.

Mirziyoyev Ursula fon der Leyenni Yevrokomissiya Prezidentligiga qayta saylangani munosabati bilan tabrikladi
Oʼzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev Yevropa Komissiyasi Prezidenti Ursula fon der Leyenni ushbu lavozimga qayta saylangani munosabati bilan tabrikladi va ezgu tilaklarini bildirdi.

Davlat rahbari oʼz maktubida soʼnggi yillarda Oʼzbekistonning Yevropa Ittifoqi bilan keng qamrovli munosabatlarini sifat va mazmun jihatidan mutlaqo yangi bosqichga koʼtarishda, O’zbekistondagi ortga qaytmas tus olgan demokratik va iqtisodiy-ijtimoiy islohotlarni har tomonlama qoʼllab-quvvatlashda Yevrokomissiya Prezidentining ulkan shaxsiy hissasi borligini alohida taʼkidladi.

Birgalikdagi saʼy-harakatlar bilan hamkorlik barcha ustuvor yoʼnalishlarda yanada yuksak bosqichga koʼtarilishiga ishonch bildirilgan.

Oʼzbekiston Yevropa Ittifoqi bilan munosabatlarda mutlaqo yangi sahifa ochadigan Kengaytirilgan hamkorlik va sheriklik toʼgʼrisidagi bitimni tez orada imzolash tarafdori ekani qayd etilgan.

“Yaqin kelajakda Samarqand shahrida birinchi “Markaziy Osiyo - Yevropa Ittifoqi” sammiti oʼtkazilishi mintaqaviy aloqalarimizni manfaatli loyihalar va dasturlar bilan boyitish yoʼlida muhim amaliy qadam boʼlishiga aminman",- deyiladi Shavkat Mirziyoyev maktubida.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing