Mirziyoyev va Putin savdo, investitsiya va diplomatiyani muhokama qildi
O'zbekiston
8-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin telefon orqali muloqot o‘tkazdi.
Suhbat davomida ikki tomonlama hamda xalqaro kun tartibidagi dolzarb masalalar muhokama qilindi. Vladimir Putin 6-avgust kuni Moskvada AQSh Prezidenti maxsus vakili Stiven Uitkoff bilan o‘tkazilgan muzokaralar natijalari haqida ma’lumot berdi.
Tomonlar O‘zbekiston-Rossiya keng qamrovli strategik hamkorligi va ittifoqchiligini yanada rivojlantirish, jumladan, oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratdi.
Prezidentlar o‘zaro savdo hajmi va investitsiyalarni oshirish, ustuvor sohalardagi qo‘shma loyihalarni tezlashtirish, shuningdek, mintaqaviy darajada ishbilarmonlik va gumanitar almashinuvlarni davom ettirish bo‘yicha muvofiqlashtirilgan choralarni kelishib oldi.
Shuningdek, ikki mamlakat o‘rtasidagi yaqinlashib kelayotgan uchrashuv va tadbirlar jadvali ko‘rib chiqildi.

Powered by Froala Editor