Murodjon Abdurahimov Chirchiq shahrining hokimi etib tayinlandi

O'zbekiston

Murodjon Abdurahimov Chirchiq shahrining yangi hokimi etib tayinlandi. Bu haqda Toshkent viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Murodjon Abdurahimov Chirchiq shahrining hokimi etib tayinlandi
Abdurahimov 1986-yilda Chirchiq shahrida tug‘ilgan. 2008-yilda Toshkent Davlat iqtisodiyot universitetini, 2010-yilda esa shu universitetning magistraturasini tamomlagan. Mehnat faoliyatini Qibray tumani “Baytqo‘rg‘on xizmat ko‘rsatish va iqtisodiyot” kasb-hunar kollejida iqtisodiyot fani o‘qituvchisi sifatida mehnat faoliyatini boshlagan.

Toshkent viloyati hokimligida, keyin “O‘zkommunxizmat” agentligida, Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligida mutaxassis, bosh mutaxassis, bo‘lim mudiri singari vazifalarda ishlagan. Tayinlovga qadar, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida mas’ul vazifada ishlab kelayotgan edi.

Murodjon Abdurahimov 2021-yildan 2024-yilgacha Chirchiq shahri hokimi lavozimida ishlab kelgan va boshqa ishga o'tgan Davron Hidoyatov o'rnini egalladi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing