Abxaziyada bugun tarixiy kun bo'lishi kutilmoqda
Siyosat
Abxaziyada prezident Aslan Bjaniyaning iste'fosi yuzasidan siyosiy murosaga erishildi.
19-noyabr kuni Abxaziya parlamenti Bjaniyaning iste'fosini rasmiy ko'rib chiqishi kutilmoqda.
Muzokaralar davomida vitse-prezident Badra Gunba prezident vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlanishi belgilandi. Bundan tashqari, Abxaziyada muddatidan oldin prezidentlik saylovlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Iste'fo qaroriga mamlakatdagi norozilik namoyishlari sabab bo‘ldi. Aslan Bjaniya iste’foga chiqishdan oldin namoyishchilardan hukumat binolarini tark etishni talab qilgan edi.
Muxolifat va namoyishchilar esa bu taklifni rad etib, faqat prezident iste’fosini talab qilishda davom etdi. Ushbu qarama-qarshilik parlament binosi va boshqa hukumat binolariga bostirib kirish bilan tugadi.
Parlament spikeri Lasha Ashuba yangi saylovlar o‘tkazilishi muzokaralar natijasi ekanini ma’lum qildi. Abxaziyada bu jarayon Rossiya bilan qator iqtisodiy masalalardagi norozi kayfiyat va siyosiy mojarolar oqibati ekanligi OAV yozmoqda.

Powered by Froala Editor