NamAgro Tech Prezident mukofotiga sazovor bo‘ldi
Biznes
NamAgro Tech kompaniyasi Namangan viloyatida agrar sohaning yetakchi drayverlaridan biri sifatida Prezident mukofotiga sazovor bo‘ldi.
Kompaniya bosh direktori Baxrom Vaxidovich Xodjimatov iqtisodiyotga qo‘shgan hissasi va zamonaviy texnologiyalarni joriy etgani uchun “Faol tadbirkor” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
Bugun NamAgro Tech 415 gektar mevali bog‘lar va ishlab chiqarish majmuasiga ega bo‘lib, u yerda kontsentrlangan olma soki, olma chiqindilaridan pektin va biologik faol qo‘shimchalar ishlab chiqarilmoqda. Korxona 170 doimiy hamda 250 gacha mavsumiy ish o‘rinlarini yaratgan.
Mukofot tadbirkorlikdagi yutuqlar, “yashil” va raqamli texnologiyalarni tatbiq etish, hamda ijtimoiy va investitsion rivojlanishga qo‘shgan hissasi uchun berildi. 2025-yil may oyida NamAgro Tech xalqaro Brand Awards International 2024 mukofotini ham qo‘lga kiritib, “O‘zbekiston agrar sanoatiga katta hissa va xalqaro bozorlarga muvaffaqiyatli chiqish” nominatsiyasida g‘olib bo‘lgandi.
Kompaniyaning mahsulotlari jahon standartlariga to‘liq mos: bog‘lar GLOBALG.A.P. sertifikatiga, korxona esa FSSC 22000 va ISO 14001 standartlariga ega, barcha mahsulotlari Halal sertifikatlangan.
Kelgusida NamAgro Tech 2000 gektargacha bog‘larni kengaytirish, BAA turini ko‘paytirish va to‘liq siklli mahsulot hajmini oshirishni rejalashtirmoqda. Bu esa mahalliy qayta ishlash, eksport salohiyati va O‘zbekiston agrar sohasining barqaror rivojlanishida muhim qadam bo‘ladi.

Powered by Froala Editor