NASA astronavtlarni Oyga qo‘ndirishni 2026-yilgacha kechiktirdi

Dunyo

Amerika kosmik agentligi rahbari xavfsizlik nuqtai nazaridan “Artemis 3” missiyasiga tayyorgarlik ko'rish uchun ko'proq vaqt kerak deb hisoblaydi.

NASA astronavtlarni Oyga qo‘ndirishni 2026-yilgacha kechiktirdi
Xavfsizlik nuqtai nazaridan Amerikaning NASA kosmik agentligi kosmonavtlarning Oyga qo‘nishi rejalashtirilgan vaqtni bir yilga — 2026-yilgacha qoldirdi. Bu haqda NASA rahbari Bill Nelson ma’lum qildi.

U 9-yanvar kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida “Artemis 3” missiyasiga tayyorgarlik ko‘rish uchun ko‘proq vaqt kerakligini aytdi.

“Xavfsizlik bizning ustuvor vazifamizdir”, dedi u.

Nelsonga koʻra, “Artemis 3” missiyasi 2026-yilning sentyabr oyida ishga tushirilishi kutilmoqda. Bundan tashqari, “Artemis 2” tayyorgarlik missiyasi ham bir yilga – 2025-yilning sentyabriga kechiktiriladi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing