NASA Cygnus kosmik kemasining orbitaga chiqarilganini e’lon qildi

Texnologiya

Cygnus xalqaro kosmik stansiyaga 3,7 tonnadan ortiq yuk, jumladan oziq-ovqat, shuningdek, ilmiy tadqiqotlar uchun asbob-uskunalar va materiallarni yetkazib beradi.

NASA Cygnus kosmik kemasining orbitaga chiqarilganini e’lon qildi
Xalqaro kosmik stansiyaga (XKS) uchirilgan Northrop Grumman kompaniyasining Cygnus yuk tashuvchi kemasi orbitaga muvaffaqiyatli chiqdi. Bu haqda AQSH Milliy aeronavtika va fazo boshqarmasi (NASA) xabar berdi.

Parvoz AQSHning sharqiy sohilidagi vaqti bilan soat 20:31 da NASAning Virjiniya shtatining Atlantika sohilida joylashgan Uollops uchirish maydonidan amalga oshirilgan.

Cygnus kosmik kemasining XKSga tutashuvi 4-avgustga rejalashtirilgan.

Cygnus XKSga 3,7 tonnadan ortiq yuk, jumladan oziq-ovqat, shuningdek, ilmiy tadqiqotlar uchun asbob-uskunalar va materiallarni yetkazib beradi.

Cygnus'ning birinchi muvaffaqiyatli ishga tushirilishi 2013-yil 18-sentyabrda bo‘lib o‘tgan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing