NATO AQShning asosiy qurollarini Yevropada ishlab chiqarishni kengaytiradi
Dunyo
NATO Yevropada AQShning asosiy qurollarini ishlab chiqarish va ularga texnik xizmat ko‘rsatish uchun yangi ishlab chiqarish quvvatlari tarmog‘ini yaratishni rejalashtirmoqda. Ro‘yxatga ATACMS va AMRAAM raketalari, Abrams tanklari, Stinger majmualari hamda boshqa zamonaviy tizimlar kiritilgan. Bu haqda alyans bosh kotibi Mark Ryutte Anqaradagi NATO sammiti doirasida o‘tkazilgan Mudofaa sanoati forumida ma’lum qildi.
Loyiha NATO Engine dasturi doirasida amalga oshiriladi. Tashabbus transchegaraviy mudofaa ishlab chiqarishini kengaytirish hamda AQSh va Yevropa ittifoqchilari o‘rtasidagi sanoat hamkorligini mustahkamlashga qaratilgan. NATO mamlakatlarining mudofaa kompaniyalari va innovatsion ekotizimlari foydalanishi mumkin bo‘lgan zavodlar hamda ilg‘or ishlab chiqarish maydonchalari tarmog‘i yaratilishi ko‘zda tutilgan.
Ryuttening so‘zlariga ko‘ra, alyans Ukrainaga keng ko‘lamli qurol yetkazib berilishi fonida kamaygan arsenallarni qayta to‘ldirishi va harbiy mahsulot ishlab chiqarish sur’atlarini keskin oshirishi kerak.
ATACMS va Abramsdan tashqari, Yevropada AMRAAM va Barracuda 500M raketalari, Stinger ko‘chma zenit-raketa majmualari hamda kichik diametrli yuqori aniqlikdagi aviabombalarni ishlab chiqarish yoki ularga xizmat ko‘rsatish rejalashtirilgan.
Qo‘shma loyihalarda AQSh tomonidan Boeing, Lockheed Martin, General Dynamics, Raytheon va Anduril, Yevropa tomonidan esa Rheinmetall, Diehl va Polshaning PGZ kompaniyalari ishtirok etishi kutilmoqda.
AQSh va Yevropa ishlab chiqarish salohiyatini birlashtirishda havo hujumidan mudofaa va zarba beruvchi tizimlarga ustuvor ahamiyat beriladi. NATO yangi model ishlab chiqarishni tezroq kengaytirish va mudofaa ta’minot zanjirlarini mustahkamlash imkonini berishiga umid qilmoqda.

Powered by Froala Editor