Netanyaxu Suriya chegarasiga keldi
Dunyo
Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxu Suriyaga chegaraga tashrif buyurib, Damashqdagi hokimiyat o‘zgarishini Yaqin Sharq tarixidagi “tarixiy kun” deb atadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Assad rejimining qulashiga Isroilning Eron va Livanning “Hizbulloh” guruhi ustiga bergan zarbalari sabab bo‘lgan.
“Bu Yaqin Sharq tarixidagi tarixiy kun. Assad rejimi Eronning yovuzlik o‘qi markaziy bo‘g‘ini edi — bu rejim qulab tushdi,” — deya Netanyaxuning so‘zlarini keltiradi The Times of Israel.
Netanyaxu Damashqdagi hokimiyat o‘zgarishi Isroil uchun “yangi imkoniyatlar” ochishini ta’kidladi. “Biz tinchlikda yashashni xohlagan barcha suriyaliklarga do‘stlik qo‘lini cho‘zishga tayyormiz. Ammo dushman kuchlarining chegarada mustahkamlanishiga yo‘l qo‘ymaymiz,” — dedi Isroil bosh vaziri.
Netanyaxuning tashrifi arafasida Isroil harbiylari Goland tepaliklaridagi bufer zonani egallab oldi. Netanyaxu bu harakatni Suriyaning qo‘shinlari hududdan chekinganidan so‘ng 1974-yilda imzolangan chegaralarni ajratish bo‘yicha kelishuvning amaldan chiqishi bilan izohladi.
“Isroil o‘z chegaralari xavfsizligini ta’minlash uchun zarur choralarni ko‘radi,” — dedi u.
Bu voqealar Isroilning mintaqadagi siyosiy o‘rnini yana bir bor kuchaytirishga qaratilgan strategiyasining bir qismi sifatida baholanmoqda.

Powered by Froala Editor