Netflix “The Squid Game”ga asoslangan realiti-shou tizerini taqdim etdi

Dunyo

Realiti-shou premyerasi 22-noyabr kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Shouda 456 nafar o‘yinchi 4,56 million dollar yutib olish uchun kurash olib boradi.

Netflix “The Squid Game”ga asoslangan realiti-shou tizerini taqdim etdi
Netflix striming xizmati o'zining YouTube kanalida “The Squid Game” seriali asosidagi “Squid Game: The Challenge” realiti-shousi tizerini taqdim etdi.

“456 nafar real odam 4,56 million dollarga nima qiladi?” deb yozilgan videoning tagida. Realiti-shou premyerasi 22-noyabr kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Netflix 2022-yilning yozida realiti-shou ishtirokchilari yollanganini e'lon qilgandi. 2023-yil boshida tanlovdan chetlatilgan ishtirokchilar Variety and Rolling Stone nashriga suratga olish paytidagi og‘ir sharoitlar haqida gapirdi. Unga koʻra, vaziyat ba’zi ishtirokchilarning jarayonda hushidan ketishiga sabab bo‘lgan

Shuningdek, tanlovdan chetlashtirilgan ishtirokchilar shou tashkilotchilarini tanlovni soxtalashtirishda ayblab, suratga olishda blogerlar va taʼsir oʻtkazuvchilar ishtirok etganini, ularning fikricha, keyingi bosqichlarga oʻtish uchun tashkilotchilar tomonidan oldindan tanlanganini taʼkidladi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing