Nikol Pashinyan: Armaniston Qorabog‘ uchun urush olib borishni rejalashtirmayapti

Siyosat

Armaniston Ozarbayjonning Qorabog‘ mintaqasi uchun kurashmoqchi emas, dedi bosh vazir Nikol Pashinyan Britaniya jurnalistlariga bergan intervyusida.

Nikol Pashinyan: Armaniston Qorabog‘ uchun urush olib borishni rejalashtirmayapti
"Armaniston xalqaro miqyosda tan olingan chegaralaridan tashqaridagi yerlarga da’vogarlik qilmayapti va demarkatsiya jarayonida Armanistonning hududiy yaxlitligi tiklanadi, degan umiddamiz", — dedi Pashinyan.

22-aprel kuni Yerevan va Boku davlatlar oʻrtasidagi chegarani delimitatsiya qilishni boshladi. Chegarani delimitatsiya qilish — qo'shni davlatlar o'rtasidagi chegaraning pozitsiyasi va yo'nalishini muzokaralar yo'li bilan aniqlash hisoblanadi. Delimitatsiya materiallari demarkatsiya uchun asos bo'lib xizmat qiladi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing