Nodirbek Abdusattorov NAVI jamoasiga qo‘shildi

Sport

Dunyodagi eng nufuzli kibersport jamoalaridan biri hisoblangan Natus Vincere (NAVI) shaxmat jamoasini rasman tashkil etganini e’lon qildi. Jamoa tarkibidan uch nafar mashhur shaxmatchi joy olgan: Nodirbek Abdusattorov, Uesli So, Aleksandr Bortnik.

Nodirbek Abdusattorov NAVI jamoasiga qo‘shildi
16-fevral kuni ular ilk bor NAVI sharafini himoya qilib, Chessable Masters onlayn turnirida ishtirok etishadi. Ushbu musobaqaning umumiy sovrin jamg‘armasi 150 ming dollarni tashkil qiladi.

CCT reytingining eng yaxshi 12 shaxmatchisi Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tadigan Esports World Cup festivali doirasida bo‘lib o‘tadigan seriya finaliga taklif qilinadi. U yerda ishtirokchilar 1,5 million dollarlik bosh sovrin uchun kurash olib borishadi.

NAVI o‘zining CS:GO, Dota 2, PUBG, Rainbow Six Siege va Valorant o‘yinlaridagi yutuqlari bilan tanilgan.

Shuningdek, boshqa shaxmatchilar ham turli jamoalar bilan shartnomalar imzolamoqda. Masalan, Team Liquid jamoasi Magnus Karlsen, Fabiano Karuana va Maksim Vashye-Lagrav bilan shartnoma imzoladi. Shuningdek, Din Lijen LGD Gaming jamoasiga qo‘shildi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing