Nodirbek Abdusattorov “Tata Steel Chess 2024” superturnirida ishtirok etadi
O'zbekiston
O‘zbekistonlik grossmeyster Nodirbek Abdusattorov Niderlandiyaning Veyk-an-Zi shahrida bo‘lib o‘tadigan nufuzli “Tata Steel Chess” turnirida yana ishtirok etadi. Musobaqa 12─28-yanvar kunlari bo'lib o'tadi.
Veyk-an-Zee nomi bilan ham tanilgan “Tata Steel Chess” turniri 86-marta o'tkaziladigan eng qadimiy va nufuzli shaxmat turnirlaridan biridir. Ushbu turnir 1937-yildan beri o'tkazib kelinmoqda va uning tarixida Vasiliy Smislov va Robert Fisherdan tashqari barcha jahon chempionlari ishtirok etgan.
Eslatib o’tamiz, o‘tgan yili Nodirbek Abdusattorov “Tata Steel Chess” turnirida ikkinchi o‘rinni egallab, turnir davomida o‘sha paytdagi chempion Magnus Karlsenni mag‘lub etgan edi, biroq autsayder Yorden van Forestga imkoniyatni boy bergandi.

Powered by Froala Editor