Norchayevning "Braga"ga transferi barbod bo‘ldi
Sport
22 yoshli o‘zbekistonlik futbolchi Husayn Norchayev viza bilan bog‘liq muammolar tufayli faoliyatini Portugaliyaning "Braga" klubida davom ettira olmaydi. Agentliklar va O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligining qo‘llab-quvvatlashiga qaramay, zarur hujjatlar o‘z vaqtida rasmiylashtirilmadi.
"Braga" klubi Norchoyevga tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun taklifnoma yubordi va futbolchi zudlik bilan viza olish bilan shug‘ullandi. Biroq O‘zbekistonda Portugaliyaning elchixonasi yo‘qligi jarayonni murakkablashtirdi. Agentlar Toshkentdagi Fransiya elchixonasi orqali Rossiyadagi Portugaliya diplomatlariga murojaat qilishga majbur bo‘lishdi.
Portugaliya elchixonasi futbolchiga Moskvaga borishni taklif qildi, ammo vaqt yetishmasligi va qishki transfer oynasi 3-fevral kuni yopilishi tufayli "Braga"ga o‘tish imkonsiz bo‘ldi. Rossiyaning "Alaniya" klubiga tegishli bo‘lgan Norchayev transfer narxi 400 ming yevroni tashkil etganiga qaramay, yangi klubsiz qolmoqda.

Powered by Froala Editor