Numa Diagnostics va MEDIPOL klinikasi hamkorligi

Biznes

25-fevral kuni Numa diagnostics va Turkiyaning nufuzli MЕDIPOL klinikasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolanadi.

Numa Diagnostics va MEDIPOL klinikasi hamkorligi
Ushbu memorandum imzolanishi munosabati bilan Turkiyadan dunyoning Top 10 yaligiga kiruvchi onkologiya yo‘nalishidagi Tibbiyot fanlari doktori, professor, dotsent, onkolog-vrachlar O‘zbekistonga tashrif buyurishmoqda.

Bular: professor Ahmet Bilici, professor Laylagul Kaynar, dotsent Yontem Yaman, dotsent Dilek Unal.

Tadbir doirasida O‘zbekistonga tashrif buyurgan professor, onkolog, vrachlar onkologik kasalliklar bilan kurashayotgan yurtdoshlarimizni bepul ko‘rikdan o‘tkazishadi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing