Nvidia kapitalizatsiyasi $4 trilliondan oshgan birinchi kompaniya bo‘ldi
Biznes
Amerikalik texnologik gigant Nvidia dunyoda birinchi bo‘lib bozor kapitalizatsiyasi 4 trillion dollardan oshgan kompaniyaga aylandi. Bu tarixiy yutuq kompaniya aksiyalari Nyu-York fond birjasida ochilishda 2,8% ga oshib, $164,42 ga yetganidan so‘ng qayd etildi.
Nvidia sun’iy intellekt texnologiyalariga bo‘lgan global talab fonida izchil o‘sishni davom ettirmoqda. So‘nggi bir yarim yil ichida kompaniya $2 trilliondan $4 trilliongacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tdi — u 2024-yil fevralida $2 trillion, 2025-yil iyunida esa $3 trillion chegarasini oshgandi.
Eng qimmat kompaniyalar reytingida Nvidia Microsoft ($3,8 trillion) va Apple ($3,1 trillion)ni ortda qoldirib, birinchi o‘ringa chiqdi.
Eng qimmat kompaniyalar reytingida Nvidia Microsoft ($3,8 trillion) va Apple ($3,1 trillion)ni ortda qoldirib, birinchi o‘ringa chiqdi.
Powered by Froala Editor