Olimlar 2024-yilni rekord darajada issiq bo‘lishidan ogohlantirmoqda
Dunyo
2023-yil rekord darajadagi eng issiq yil bo'ldi va joriy yil bundan ham issiqroq bo'lishi mumkin. Buning sabablaridan biri El-Nino fenomeni - Tinch okeanining ekvatorial qismidagi suvning sirt qatlami haroratining o'zgarishi bilan bog'liq isish.
2024-yil tarixdagi eng issiq yil bo‘lishi mumkin, deb yozadi Bloomberg ekspertlarga tayanib. Jahon meteorologik tashkiloti (WMO) 2023-yil tugashidan oldin ham uni rekord darajadagi eng issiq yil deb atadi, yilning birinchi 10 oyi davomida global harorat sanoatdan oldingi oʻrtacha koʻrsatkichdan 1,4 darajaga yuqori. Britaniya meteorologik xizmati 2024-yilda havo harorati bu ko‘rsatkichdan 1,5 darajadan oshib ketishini istisno qilmadi.
Agentlikning yozishicha, kelgusi yilda haroratning oshishi El-Nino hodisasi bilan bog‘liq. Bu Tinch okeanining markaziy va sharqiy qismida suv yuzasining issiq yoki o‘rtachadan baland haroratda bo‘lishi bilan bog`liq isish. Bu 2023-yildagi haroratga ham ta'sir qildi.

Powered by Froala Editor