Oliy ta’lim vaziri qishloq xo‘jaligi vaziri etib tayinlanadi

O'zbekiston

Ibrohim Abdurahmonov qishloq xo‘jaligi vazirligining yangi rahbariga aylanadi. Bu haqda prezident matbuot kotibi xabar bermoqda.

Oliy ta’lim vaziri qishloq xo‘jaligi vaziri etib tayinlanadi
Ibrohim Abdurahmonov 1975- yilda Namangan viloyati Chust tumanida tug‘ilgan. 1992-1997 yillarda Toshkent davlat universiteti (hozirgi O‘zMU)da tahsil olgan. 2001 yil AQShdagi Texas qishloq xo‘jaligi va mexanika universitetini tamomlagan.

Abdurahmonov 2002-2012 yillarda Fanlar akademiyasi Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi instituti ilmiy xodimi, katta ilmiy xodimi, loyiha rahbari, Genom texnologiyalar markazi laboratoriyasi loyiha rahbari lavozimlarida ishlagan.

2012–2017- yillarda Fanlar akademiyasi Genomika va bioinformatika markazi direktori bo‘lgan, 2017- yilda Fanlar akademiyasi Kimyo-biologiya fanlar yo‘nalishi bo‘yicha vitse-prezident v.b sifatida faoliyat yuritgan.

2017- yil noyabrida yangi tashkil etilgan Innovatsion rivojlantirish vazirligi rahbari etib tayinlangan.

2023-yil yanvaridan buyon Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligiga rahbarlik qilib kelgan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing