Olov yoqildi: Italiyada qishki Olimpiada boshlandi
Sport
Italiyada qishki Olimpiya o‘yinlari rasman ochildi: Milandagi ochilish marosimi bir necha shahar va tog‘ klasterlarida o‘tadigan ikki haftalik musobaqalarga start berdi.
Italiya prezidenti Serjo Mattarella o‘yinlarni ochiq deb e’lon qildi. Marosimning asosiy qismi Milandagi “San-Siro” stadionida bo‘lib o‘tdi, ayrim tadbirlar esa bir vaqtning o‘zida Kortina-d’Ampezzo, Predatso va Livinyoda tashkil etildi. Bunday format musobaqa maydonlari orasidagi katta masofa sabab tanlangan.
Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi rahbari Kirsti Koventri o‘z nutqida Olimpiada nafaqat medallar uchun kurash, balki jasorat, hurmat va o‘zaro qo‘llab-quvvatlash ramzi ekanini ta’kidladi.
Marosim doirasida an’anaviy sportchilar paradi ham o‘tkazildi. XOQ qaroriga ko‘ra, Rossiya vakillari unda ishtirok etmadi.
O‘yinlar 22-fevralgacha davom etadi. Musobaqalarda yetti sport turida 13 nafar rossiyalik sportchi qatnashadi: tog‘ chang‘isi, konkida uchish, chang‘i poygasi, san sporti, figurali uchish, short-trek va ski-alpinizm. Ular neytral maqomda startga chiqadi.

Powered by Froala Editor