Oltin narxi yana rekord o'rnatdi
Iqtisodiyot
Dunyo bo'ylab o'sib borayotgan geosiyosiy keskinliklar fonida juma kuni oltin narxi yana ko'tarildi.
12-aprel, juma kungi savdolarda oltinning birja qiymati tarixda birinchi marta troya unsiyasi uchun $2,44 mingdan oshdi. Buni Nyu-York tovar birjasi COMEX ma'lumotlari tasdiqlaydi.
Mutaxassislar narxlarning rekord darajada o'sishini qisman Yaqin Sharqdagi geosiyosiy keskinlik bilan izohlamoqda. Eron va Isroil o'rtasidagi munosabatlarning keskinlashuvi tufayli investorlar ehtimoliy xavflarni kamaytirish uchun pulni qimmatbaho metalga faolroq o'tkazishni boshlamoqdalar.
"Yaqin kelajakda oltin narxi koʻp jihatdan Yaqin Sharqdagi oʻzgarishlarga bogʻliq boʻladi. Agar keskinlashuv kuzatilsa, narxlar hozirgi darajasidan qariyb 10% ga oshishi mumkin. Aksincha, mintaqada vaziyat barqarorlashsa, narxlar yana o’z holatiga qaytadi”, — dedi Rossiya hukumati qoshidagi Moliya universiteti dotsenti Sergey Suverov.
Bundan tashqari, ko'plab bozor ishtirokchilari 2024-yilning ikkinchi yarmida dollarning zaiflashishini kutishmoqda va shuning uchun oltinni yanada jozibador aktiv deb hisoblashmoqda. Ta’kidlash joizki, jahon markaziy banklari qimmatbaho metalni jadal sur'atlar bilan to’plamoqda.

Powered by Froala Editor