O'sh shahriga O'zbekistonning birinchi bosh konsuli tayinlandi

Siyosat

Zafarbek Ahmedov Qirg‘izistonning O‘sh shahriga O‘zbekistonning birinchi bosh konsuli etib tayinlandi. Bungacha u TIVda Konsullik-huquqiy departamenti bo‘lim boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan.

O'sh shahriga O'zbekistonning birinchi bosh konsuli tayinlandi
O'zbekistonning yangi tayinlangan bosh konsuli Zafarbek Ahmedov bugun, 20-noyabr kuni Qirg'izistonning O'sh shahriga yetib bordi. Bu haqda "Dunyo" xabar berdi.

Tayinlovga qadar Zafarbek Ahmedov Konsullik-huquqiy departamenti bo'lim boshlig'i lavozimida ishlab kelgan. Diplomat 54 yoshda. Xorazm pedagogika institutini (1992-yildan boshlab Urganch davlat universiteti) tamomlagan.

O'tgan yillar davomida maktabda o'qituvchi, O'zbekiston Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar institutida, TIV tizimida, jumladan, Pokistondagi elchixonada turli lavozimlarda faoliyat yuritgan.

Shuningdek, Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do'stlik aloqalari qo'mitasi raisining maslahatchisi bo'lib ishlagan.

Eslatib o'tamiz, O'zbekistonning O'sh shahridagi Bosh konsulligi 2022-yilda ochildi. Konsullik okrugiga Qirg'izistonning Botken, Jalolobod va O'sh viloyatlari kiradi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing