Otabek Umarov Telegram asoschisi Pavel Durov bilan uchrashdi

O'zbekiston

Osiyo Olimpiya kengashi vitse-prezidenti, MMA Markaziy Osiyo Konfederatsiyasi rahbari, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning davlat xavfsizlik xizmati rahbari o'rinbosari Otabek Umarov loyiha asoschisi Pavel Durov boshchiligidagi Telegram jamoasi bilan uchrashdi. Bu haqda u Instagram sahifasida xabar berdi.

Otabek Umarov Telegram asoschisi Pavel Durov bilan uchrashdi
“Joriy haftada Telegram jamoasi loyiha asoschisi Pavel Durov va uning akasi Nikolay boshchiligida O‘zbekistonga tashrif buyurdi. Mamlakatimizda ushbu xizmatga alohida iliq munosabat bildiriladi, chunki Telegram biz uchun shunchaki birinchi raqamli messenjerdan kattaroq narsadir. Biz uning yordamida yaqinlarimiz bilan doim aloqada bo‘lish bilan birga, yangiliklardan xabardor bo‘lamiz, ishlarni yuritamiz, kerakli tovar va xizmatlarni topamiz. Telegram har qanday masalada mobil internetning deyarli har bir foydalanuvchisiga yordam beradi. Biz uchun Pavel va uning yaqinlarini mehmondo‘st O‘zbekiston zaminida qabul qilish haqiqiy sharafga aylandi. Ularning barchasi yuksak darajadagi o‘z ishining ustalari bo‘libgina qolmay, balki dunyoga qalbi ochiq bo‘lgan ajoyib insonlar ekanligiga shaxsan ishonch hosil qilish benihoya yoqimli hissiyotdir. Umid qilamizki, Toshkent, Buxoro va Samarqand shaharlari qoldirgan taassurotlar hamda Telegram foydalanuvchilari bilan muloqot ularga yangi texnologik echimlarni yaratishga ilhom beradi. Bunga juda oz fursat qolganiga ishonaman”, ― deb yozdi Otabek Umarov.

Eslatib o‘tamiz, Telegram asoschisi Pavel Durov 24-iyun kuni O‘zbekiston poytaxti Toshkentga yetib keldi. Avvalroq Durov Markaziy Osiyoga tashrif buyurib, odamlar Telegram’dan qanday foydalanishi va ularning raqamli texnologiyalarga bo‘lgan ehtiyojini o‘rganish niyatida ekanligini ma’lum qilgan edi. Toshkentga kelishidan oldin u Qirgʻizistonda boʻlgan va u yerdan surat va mamlakat taassurotlari bilan oʻrtoqlashgan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing