Ozarbayjon Prezidenti Toshkentda: Ilhom Aliyevning davlat tashrifi boshlandi

Siyosat

22-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev rafiqasi bilan birga davlat tashrifi bilan mamlakatimizga keldi. Toshkent xalqaro aeroportida yuqori martabali mehmonni O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov va boshqa rasmiylar kutib olishdi.

Ozarbayjon Prezidenti Toshkentda: Ilhom Aliyevning davlat tashrifi boshlandi
Ilhom Aliyevning O‘zbekiston tashrifidagi dastlabki manzili Haydar Aliyev yodgorligi majmuasi bo‘ldi. Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti O‘zbekiston Bosh vaziri hamrohligida ushbu majmuaga tashrif buyurdi. Mazkur yodgorlik 2022 yil iyun oyida Ozarbayjon Prezidentining O‘zbekistonga tashrifi chog‘ida ochilgan edi.

Oliy martabali mehmon Haydar Aliyev yodgorligi poyiga gulchambar qo‘yib, Ozarbayjonning asoschisi va atoqli davlat arbobi xotirasiga hurmat bajo keltirdi. Ushbu tashrif O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasidagi do‘stona aloqalarni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing