Ozarbayjon Vazirlar Mahkamasi iste’foga chiqdi

Siyosat

Ilhom Aliyev prezident etib saylangani va o’z lavozimga kirishganidan so’ng Ozarbayjon Vazirlar Mahkamasi, mamlakat konstitutsiyasiga muvofiq ravishda, iste’foga chiqdi.

Ozarbayjon Vazirlar Mahkamasi iste’foga chiqdi
Mamlakat Konstitutsiyasining 116-moddasiga ko‘ra, Ozarbayjon Respublikasining yangi saylangan prezidenti Ilhom Aliyev o‘z lavozimiga kirishgach, vazirlar mahkamasi iste’foga chiqishi kerak.

Farmonda, shuningdek: “Yangi Vazirlar Mahkamasi tuzilgunga qadar Ozarbayjon Respublikasi Vazirlar Mahkamasi aʼzolarining vazifalarini bajarish uning avvalgi tarkibiga yuklatildi”, — deyiladi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing